Mars ICT Week 2026 doirasidagi Digital Education Forumda chiqish qildi
Ruslan Yuldashev bolalar sun'iy intellekt agentlari bilan qanday ishlashi haqida gapirdi va MarsHub endi O'zbekistondagi barcha maktab o'quvchilari uchun bepul ekanini e'lon qildi.
23-sentabr kuni Mars IT School ICT Week Uzbekistan 2026 doirasidagi Digital Education Forumda chiqish qildi. «Sun'iy intellektning ta'lim va bandlikka tahdidlari» forumini Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi va IT Park tashkil etdi, Mars markaz hamkori sifatida ishtirok etdi.
Mars IT School asoschisi Ruslan Yuldashev tajribamiz haqida gapirdi: yozda biz 9–16 yoshli 200 nafar o'quvchiga o'zi kod yozadigan va sayt joylaydigan sun'iy intellekt agentini berdik va bir oy aralashmadik. 201 nafardan 71 nafari ikkinchi va keyingi loyihalar uchun qaytdi. Eng uzoq ishlaganlar sintaksisni yaxshi bilganlar emas, balki vazifani tushuntira olgan va natijani tekshira olganlar bo'ldi. Buni o'rgatish mumkin.
Asosiy e'lon — MarsHub: sun'iy intellekt agenti, hosting, kurslar va o'yinlar jamlangan platformamiz. Endi u O'zbekistondagi barcha maktab o'quvchilari uchun bepul: marshub.uz
Forumni Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov ochib berdi. Ishtirokchilar sun'iy intellekt ta'lim va mehnat bozorini qanday o'zgartirayotganini muhokama qildi.
Forum haqida batafsil: t.me/digitaledu_uz/3753


