Mars Online Hackathon: 64 o‘quvchi, 20 ta loyiha, 6 soat

Mars Online Hackathon: 64 o‘quvchi, 20 ta loyiha, 6 soat

4-oktabr kuni Mars IT School o‘quvchilari onlayn xakatonda qatnashdi. Chilonzor, Gorkiy, Sergeli, Tinchlik va Yunusobod filiallaridan 64 nafar o‘quvchi 20 ta jamoaga birlashib, 6 soat ichida noldan tayyor loyiha yaratdi: sayt, o‘yin yoki ilova, uning kodi va qisqa video-taqdimoti.

Xakaton mavzulari NASA Space Apps Challenge — dunyodagi eng katta kosmik xakaton topshiriqlari asosida tuzildi:

  • Yerdagi Oy va Mars — Yerda Oy va Marsga o‘xshash joylarni xaritada ko‘rsatish;
  • Yer haqidagi ma’lumotlar jukeboksi — iqlim ma’lumotlarini tovushga aylantirish;
  • Tashlab ketilgan, lekin unutilmagan — Oy va Marsda qolgan NASA texnikasi tarixi;
  • Kosmik missiya konstruktori — byudjet va massa cheklovi bilan missiya loyihalash o‘yini;
  • Yosh astronavt trenajyori — Oy yoki Marsdagi bazani boshqarish simulyatori.

Loyihalarni hakamlar mahsulot, ishlashi, kod sifati va taqdimot bo‘yicha baholadi. Har bir jamoa o‘z bahosi va hakamlarning izohini Mars Space’da oladi, barcha ishtirokchilarga esa maxsus «Xakaton 4.10» nishoni beriladi.

Eng yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar:

  1. edgerunners (Tinchlik) — Zafar Murodjonov, Axmadjon Axmedov, Abdulxaq Abdujabborov, Muhammadrizo Ilhomov
  2. CodeStorm (Sergeli) — Otabek Begmatov, Isroil Islomov, Axrorjon Murodov, Qosimjon Nematjonov
  3. mars 2000 (Gorkiy) — Alisher Mahmudxojayev, Shukurjon Abduhakimov

Bu xakaton — NASA Space Apps Challenge 2026’ga tayyorgarlik. Xalqaro tanlov 14–15-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va biz unda Mars’ning eng kuchli jamoalari bilan qatnashamiz.

Xakaton g‘oliblariTop-10 jamoalaredgerunners — Oy va Marsdagi NASA texnikasi arxiviCodeStorm — Yerdagi Marsga o‘xshash joylarmars 2000 — Oy va Mars analoglari 3D-globusi«Xakaton 4.10» ishtirokchi nishoni