Mars Hackathon 2026: final

16 avgustdagi saralash va final: hakamlar hay'ati oldida loyihalar himoyasi.

Mars Hackathon 2026: final

Hackathonda 4 kishilik jamoalar qatnashdi. Ishtirokchilar Mars IT School o'quvchilari, internlar va bitiruvchilar edi. Ro'yxatdan o'tish Space platformasi orqali bo'ldi.

Saralash bosqichi 16-avgust kuni barcha filiallarda o'tdi: jamoalar mavzuni tadbir kuni oldi, loyiha ishlab chiqdi va hakamlar hayʼati oldida himoya qildi. Har filialdan 1–2 ta eng yaxshi jamoa tanlanib, jami 9 jamoa finalga chiqishi kerak edi.

Final 23-avgustga rejalashtirilgan edi, finalda saralashdan farqli yangi mavzu berildi. Sovrinlar: 1 500 000, 1 000 000 va 500 000 so'm.

Final reportaji 25-avgustda e'lon qilindi. Jamoa barcha ishtirokchilarga va maydon hamda qo'llab-quvvatlash uchun moc hub'ga minnatdorchilik bildirdi.