Mars IT Hackathon 2025: g'oliblar
Yilda bir marta o'tadigan hackathonda IT Intern, Liders Team va Abstract jamoalari sovrindor bo'ldi.
Mars IT o'quvchilari uchun yilda bir marta o'tkaziladigan keng ko'lamli hackathon sentabr oyida bo'ldi. Jamoa 4 kishidan iborat edi.
Avval filiallararo saralash bosqichi o'tdi. Katta filiallardan 1- va 2-o'rin egalari, kichik filiallardan 1-o'rin egalari finalga chiqdi.
Kreativ taqdimotlardan so'ng sovrindor jamoalar aniqlandi: 1-o'rin — IT Intern, 2-o'rin — Liders Team, 3-o'rin — Abstract.
G'oliblarni Mars coin'lari, sertifikatlar va pul mukofotlari kutgan edi.