Mars IT 3 yoshga to'ldi
2024-yil 17-aprelda Mars IT tashkil topganiga uch yil bo'ldi; hozir Toshkentda 4 ta filial ishlaydi.
Uch yil oldin aynan shu kuni Mars IT o'quv markazi asos solingan.
Shu vaqt ichida markaz Toshkent shahrida 4 ta filialga ega bo'ldi va bolalarni kelajak kasblariga o'qitib kelmoqda.
Jamoa yanada ko'proq bolalarga sifatli ta'lim berishni davom ettirishini bildirdi.