Toshkentda Kids Hackathon 2024 o'tdi
6-avgust kuni Inha universitetida 350 ga yaqin yosh dasturchi «Eco shahar» mavzusida loyihalar yaratdi.
Mars IT Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan birgalikda bolalar uchun yirik dasturlash xakatoni — Kids Hackathon 2024ni tashkil etdi. U Toshkentda ilk bor o'tkazildi.
Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi, IT Park va Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi ko'magida bo'ldi.
6-avgustda 350 ga yaqin ishtirokchiga «Eco shahar» mavzusida loyiha yaratish vazifasi berildi. Ajratilgan vaqt ichida ular loyihalarini tayyorlab, taqdimot qildi.
G'oliblarga umumiy hisobda 20 000 000 so'm mukofot topshirildi.