O'zbekiston FIRST Global Challenge 2026 chempioni

Milliy terma jamoa robototexnika bo'yicha xalqaro musobaqada 16 o'yinning barchasida g'olib bo'ldi. Mars'da robototexnika to'garaklari bepul.

O'zbekiston FIRST Global Challenge 2026 chempioni

7-10 oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida robototexnika bo'yicha FIRST Global Challenge 2026 xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi 16 ta o'yinning barchasida g'alaba qozonib, musobaqa chempioni bo'ldi.

Bu yilgi mavzu — o'rmon yong'inlarining oldini olish va zarar ko'rgan hududlarni tiklash. Musobaqada 190 ga yaqin davlat ishtirok etdi. Umumiy reytingda O'zbekiston jamoasi Meksika va Xitoyni ortda qoldirdi, Venesuela, Salvador va Moldova jamoalari bilan tuzilgan xalqaro ittifoq tarkibida esa final oltin medallarini qo'lga kiritdi.

12 oktabr kuni jamoa Toshkentda tantanali kutib olindi, 13 oktabr kuni esa Prezident farmoni bilan terma jamoa a'zolari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Keyingi musobaqa 2027 yilda Ispaniyaning Madrid shahrida bo'ladi.

Jamoani g'alaba bilan tabriklaymiz! Katta g'alabalar qiziqish va birinchi qadamdan boshlanadi. Mars'da robototexnika to'garaklari barcha o'quvchilarimiz uchun bepul — Space orqali ro'yxatdan o'ting.

Manba: Gazeta.uz. Foto: Yoshlar ishlari agentligi