MARS IT School belgisi — kichik harfli «mars» va to‘q sariq-qizil halqa. Ranglar: siyoh #1C1A26, aksent #EF400F, oq #FFFFFF. Shrift — Mars Nunito. Belgi cho‘zilmaydi, qayta bo‘yalmaydi, burilmaydi, effekt qo‘shilmaydi. Fayllar: brand.marshub.uz/press.
Kichik harfli mars belgisi, to‘q sariq-qizil halqa bilan. Bitta fayl — hamma joyda: peshtaxtada, taqdimotda, postda, xatda.
SVG — dizayner, bosmaxona va sayt uchun. PNG — taqdimot, xat va ijtimoiy tarmoqlar uchun.
Olti qoida deyarli barcha holatlarni qamraydi. Sizning holatingiz yozilmagan bo‘lsa — belgi qanday bo‘lsa, shunday qo‘yiladi, o‘zgartirilmaydi.
Brendning barcha matni Mars Nunito shriftida teriladi — bu Nunito’ning bizning yig‘mamiz, unda o‘zbekcha oʻ, gʻ va ʼ belgilari tuzatilgan: asl Nunito’da ular yonida katta bo‘shliq bor va so‘z «o ʻ quv» bo‘lib sochilib ketadi.
Belgining o‘zi Baloo 2 SemiBold asosida qurilgan, harflari egri chiziqlarga aylantirilgan. Shu shrift bilan faqat sub-brend qo‘shimchalari teriladi (mars.code, mars.luma); boshqa matn uchun u ishlatilmaydi — kirillitsani ko‘tarmaydi.
Agar siz Mars IT School brendi bilan maket, taqdimot, sayt yoki post tayyorlayotgan ИИ-agent bo‘lsangiz (yoki agentga vazifa berayotgan bo‘lsangiz) — shu qoidalarga amal qiling. Ro‘yxatni promptga to‘liq ko‘chirish mumkin.
Shu matnning mashina o‘qiy oladigan nusxasi — llms-full.txt. Bu yerda yo‘q fayl kerak bo‘lsa yoki xato topsangiz — info@marsit.uz.
Kurslar · Kontaktlar · Sinov darsiga yozilish
Telefon: +998 78 777 77 57